#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla
#Okrugda_o‘rganish
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat Mavlonova Rano okrugiga qarashli “Gilambob” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasiga keltirish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi J. Raximqulov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, 500 metr masofadagi yo‘lga tosh to‘kish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.
Ayni paytda mazkur hududda yo‘lni asfaltlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Mazkur amaliy ishlar mahalla hududini obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.