Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala.
📝Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisobotini.Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shozamonov Zulqaynar Ibragimovich so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Ta’kidlanganidek, tuman aholisiga jami 151 186 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 10 ta birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi muassasa, jumladan, 6 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta mahalla tibbiyot punkti hamda 280 o‘rinli markaziy shifoxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 ta o‘rin xo‘jalik hisobidagi o‘rinlarni tashkil etadi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida har bir KTMP, OP va OShPlarda bemorlarni davolash uchun jami 85 o‘rinli kunduzgi statsionar xonalari tashkil etilgan.
2026-yilning 8 oyi davomida tuman tibbiyot birlashmasining mutaxassis shifokorlari tomonidan tumandagi barcha mahallalarda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari muntazam ravishda olib borilyapti.