35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA UCHRASHUV

Tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash maqsadida tuman Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 2