35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mustaqillikning 35 yilligiga tayyorgarlik: hududlarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Azzamqulova tomonidan saylov hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘chalar, yo‘l yoqalari, ariqlar, jamoat joylari hamda aholi yashash hududlarining sanitariya va obodonlik holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududni chiqindilardan tozalash, mavjud daraxt va yashil maydonlarni parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mustaqillik bayrami oldidan hududlarni obod va ko‘rkam holga keltirish, aholi uchun munosib shart-sharoit yaratish hamda jamoat joylarini tartibga keltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2