35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI IJROSI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati U.Akkulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi **PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2026-yilning 6 oyi davomida Zomin tumanidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.
Muhokama davomida qarorda belgilangan vazifalar ijrosi, faol nuroniylarning mahallalarda olib borayotgan ishlari, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish jarayonidagi ishtiroki yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.