35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev tomonidan Bunyodkor MFY hududida mahalla yettiligi yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, faoliyat davomida uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔹 Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.