Paxtakor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida inklyuziv sharoitda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Tadbirda inklyuziv ta’limning ahamiyati, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ota-onalarning ta’lim muassasalari bilan hamkorligi haqida ma’lumotlar berildi.
🧠 Psixologik trening davomida ota-onalarga farzandlari bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, ularni qo‘llab-quvvatlash va turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D. Do‘squlova ham ishtirok etib, seminar-trening jarayoni bilan tanishdi.