35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🏘 MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA E’TIBOR

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov Ijtimoiyat mahallasida bo‘lib, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi.
🔹 O‘rganish jarayonida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi.
🔹 Mahalladagi ijtimoiy infratuzilma loyihalarining ijrosi, yaratilayotgan shart-sharoitlar va belgilangan vazifalarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.