Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rabayeva Ra'no Ergashevna tomonidan o‘z saylov okrugidagi kutubxona faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga, ayniqsa, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
📖 Shuningdek, kutubxona jamoasi bilan o‘tkazilgan muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish, kitob fondini boyitish, kitobxonlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.