35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

LUTFIY MAHALLASIDA UYBOSHI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Lutfiy mahallasidagi 1-uy uyboshisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari, uy-joy fondini saqlash holati hamda hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, uy atrofini obodonlashtirish, sanitariya tozaligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga qulay sharoit yaratish va uy-joylardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2