🔎 O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish jarayoni, maxsus texnikalarning ishga tayyorligi, hududlarda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha ko‘rib chiqildi.
📊 Shuningdek, “Toza hudud” DUK Chinoz filiali mas’ullari bilan suhbatlashilib, chiqindilarni belgilangan jadval va muddatlarda olib chiqish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sanitariya holatini yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
♻️ Aholi yashash hududlarida tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va ekologik barqarorlikni saqlash aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.
📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda tozalikni ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi