🔎 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati J. Kuryazov “Sharlauk” mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularning tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
📋 O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmonov ham ishtirok etdi.
🏛 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq muammoni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.