Tuman Kengashi deputati S. Allayarov o‘zi saylangan saylov okrugi fuqarolarini qabul qildi.
🔹 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish, imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish hamda yechimini talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish belgilandi.
🤝 Fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.