35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva tomonidan Bunyodkor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bandligini ta’minlash, ishsiz va daromadi past oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar, fuqarolarning ehtiyojlari va takliflari ko‘rib chiqilib, ularni hal etish, aholi daromadlarini oshirish hamda yangi bandlik imkoniyatlarini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligi va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 1