Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva tomonidan Bunyodkor mahallasida ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrda bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash va muammolarini hal etish borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Fuqarolarga manzilli va samarali ko‘mak ko‘rsatish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.