35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Fuqaroning uy-joy masalasidagi murojaati joyida o‘rganildi


Fuqaroning uy-joy masalasidagi murojaati joyida o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushayeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Tinchlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Xayitimmetovaning murojaati yashash manziliga chiqib o‘rganildi.

📖O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masala, uning yashash sharoiti hamda uy-joy bilan bog‘liq ehtiyoji atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatchi uy-joy masalasida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilganligi qayd etildi.

🔰Fuqaroning murojaati yuzasidan mavjud holat joyida o‘rganilib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatchining uy-joy masalasidagi ehtiyoji hisobga olinib, murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirish va nazoratga olish choralari ko‘rildi.

📗O‘rganish yakunlariga ko‘ra, fuqaro M. Xayitimmetovaning uy-joy masalasidagi murojaati belgilangan tartibda “Ko‘chama-ko‘cha” daftariga kiritildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3