35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Qaytmas MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi.

📖Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot olib borilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti, bandlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va murojaatlar tinglandi.

🖋Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Unda yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar ajratish borasida olib borilgan ishlar alohida ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2