35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X. Abduvoxidov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi Chamanzor mahallasida ijtimoiy reyestrda turgan oilalarning xonadonma-xonadon holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy va moddiy holati, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda daromad manbalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish, oilalarning daromadlarini oshirish va munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.

🤝 Oilalarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Slide 1 of 5