35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — ENG ULUG‘ NE’MAT

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — ENG ULUG‘ NE’MAT

Paxtakor tumanining Buyuk Ipak yo‘li, Mingchinor va Chamanzor mahallalarida aholi, nuroniylar va yoshlar ishtirokida tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari B.Misratullayev, A.Avazov, Sh.Mirzayev, mas’ullar, jamoatchilik vakillari va mahalla faollari ishtirok etib, yurt tinchligini asrash, oilalarda hamjihatlikni mustahkamlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari haqida so‘z yuritildi.

💬 Samimiy muloqotlar davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni bilim va kasb-hunar egallashga, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga chorladi.

✨ Tinchligimiz abadiy, xonadonlarimiz fayzli bo‘lsin!

Slide 1 of 9