35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Madaniyat bo‘limida "Madaniyat to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish, aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Madaniyat bo‘limida bo‘lib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

✅Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniyat to‘g‘risida”gi O‘RQ–668-sonli Qonunida belgilangan vazifalar ijrosi, madaniyat markazlari qoshidagi to‘garaklar faoliyati, ijodiy xodimlarning ish sharoitlari, moddiy-texnik ta’minot hamda mahallalarda o‘tkazilayotgan ommaviy-madaniy tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida madaniyat sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yoshlarni san’atga keng jalb etish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1