35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

OBODONLASHTIRISH TEXNIKALARI - AUKSION VA BALANSDAN CHIQARISH JARAYONI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

OBODONLASHTIRISH TEXNIKALARI - AUKSION VA BALANSDAN CHIQARISH JARAYONI O‘RGANILDI

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan navbatdagi sessiya oldidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi texnika va avtotransport vositalaridan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganishda doimiy komissiyalar a’zolari J.Karimov, A.Xudayberganov, A.Abdushukurov, B.Xalmatov, K.Azizov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov ishtirok etdi.

⚙️ Nazorat davomida Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va belgilangan tartibda auksion orqali sotilgan texnika hamda avtotransport vositalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Xususan, auksionda sotilgan transport vositalarining tegishli hujjatlari, ularning hisobdan chiqarilishi va boshqarma balansidan yechilganligi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. Bunda mavjud ma’lumotlarning amaldagi holat bilan muvofiqligi hamda hujjatlarning rasmiylashtirilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

📁 O‘rganish davomida texnika va avtotransport vositalarining mavjudligi, ularning huquqiy maqomi hamda balansdagi hisobini yuritish holati yuzasidan tegishli ma’lumotlar jamlandi.

🕯 Mazkur nazorat tadbiri tuman Obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnik bazasini tartibga solish, amalda mavjud bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda realizatsiya qilingan texnika vositalarining hisobini tegishli hujjatlar asosida yuritish masalalarini aniqlashtirishga qaratildi.

📝 O‘rganish natijalari tegishli tartibda umumlashtirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.

Slide 1 of 9