O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilangan.
✅Qarorga muvofiq, bolalarni bog‘chaga qabul qilish jarayoni elektron shaklda, shaffof va qulay tarzda amalga oshiriladi.
✅Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish;
✅imtiyozli toifalar uchun ustuvor navbatni shakllantirish;
✅bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda elektron yo‘llanma olish imkoniyati yaratilgan.
👶Mazkur tartib ota-onalar uchun qulaylik yaratish va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!