35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Ta’mirtalab ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi, deputat Sh.Suvonqulov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida hududdagi ta’mirtalab ichki avtomobil yo‘llarining holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holatga kelgani, bu esa aholi, ayniqsa, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Deputat tomonidan ushbu masala nazoratga olinib, yo‘l ta’miri bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning holati va natijasi kuzatib boriladi.

Slide 1 of 1