O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 18-“Bodomtog‘” saylov okrugi deputati E. Abdug‘aniev Lolazor mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida 2026-yil uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, xususan, aholi uchun piyodalar va velosiped harakati uchun “Salomatlik yo‘lagi” qurilishi bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olindi.