Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Maxmudov tomonidan o‘z saylov okrugida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglandi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki ko‘chalardagi yo‘l qoplamasining ta’mirtalab holatda ekanligi hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur muammo va takliflar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilandi.