35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zarafobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.M. Isaqulov ishtirokida navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan dastlabki o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar, mavjud masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
O‘rganish «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablari asosida amalga oshirildi.

Slide 1 of 4