35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Yangiobod shaharchasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy hududi, kirish yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavsumiy ob-havo sharoitlariga tayyorgarligi, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mahalla mas’ullariga ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholining mavsum davomida xavfsiz hamda qulay yashash sharoitlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2