DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA HAMKORLIK VA NAZORAT
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
🤝 Shu doirada deputat G. Xoliqulova tomonidan Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni, aholiga yaratilgan qulayliklar hamda xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
🔎 Shuningdek, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.
Biriktirilgan tashkilot — deputat uchun faqat nazorat obyekti emas, balki muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishda hamkorlik maydonidir.