HOVUZAK MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova Hovuzak mahallasida bo‘lib, hududda PQ-495-son qarori hamda “Zarbдор tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan drayver loyihalar doirasidagi ishlarni o‘rgandi.
Mazkur loyiha doirasida “Po‘latchi”, “Saza‘on”, “Samarqand” va “Hovuzak” MFYlarida:
🔹 4 km masofada asfalt qoplamasi yotqizish;
🔹 2,1 km masofada salomatlik yo‘lakchasi qurish;
🔹 150 dona ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish;
🔹 ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 4,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan.
O‘rganish davomida Hovuzak mahallasida mazkur loyihalarning amaldagi holati, bajarilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.