35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Biriktirilgan tashkilot bilan kotibiyat hamkorligi

Biriktirilgan tashkilot bilan kotibiyat hamkorligi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Toshboyev tomonidan 12-“Uzun qishloq” saylov okrugiga kiruvchi mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarda aholining murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.