Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimjonov tomonidan shahar hokimining qurilish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi. 2026-yil 15-sentabr kuni ro‘yxatga olingan mazkur so‘rovda shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masala ko‘tarilgan.
Jumladan, deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF–5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va ko‘rilayotgan choralar haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.