35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT

Bugun, 14-sentyabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning shaxsiy kunlik ish rejasi asosida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔹 Kun davomida E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar ko‘rib chiqiladi.

🔹 11-saylov okrugi hududidagi Turon va Alisher Navoiy mahallalariga borilib, mahallalar faoliyati hamda 24 ta masala yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganiladi.

Aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.

🔹 Shuningdek, navbatdagi sessiya materiallari, doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalari ko‘rib chiqiladi. Aniqlangan muammolar asosida deputatlik so‘rovlari tayyorlanadi.