35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida

#Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida

Bog‘imazor soy suv omboridagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
Mo‘lg‘ol qishlog‘ida joylashgan Bog‘imazor soy suv omborida olib borilayotgan ishlarning borishi tuman Kengashi deputati U. Almanov tomonidan o‘rganilib, nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida suv omborida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, suv omborining texnik holatini yaxshilash hamda olib borilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ishlarni belgilangan talablar asosida davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3