Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha o‘rganildi
✅Bandixon tumanida mahallalarning me’moriy-estetik qiyofasini yaxshilash, hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarga tezkor va amaliy yechim topish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratovaga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod yurt" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolar bilan sayyor muloqotlar tashkil etdi.
✅O‘rganishlar davomida mutasaddi ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi xonadonlarining sharoitlari, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy muammolar, yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni bevosita fuqarolar ishtirokida atroflicha tahlil qildi.
✅Muloqotlar chog‘ida bildirilgan har bir murojaat ro‘yxatga olinib, ularning qonuniy va ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ijro jarayoni tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.