QONUNNI O‘RGANAMIZ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.
📌Qarorning asosiy maqsadi — aholiga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga sifatli, xavfsiz va hamyonbop dori vositalari hamda tibbiy buyumlar yetkazib berishni ta’minlash.
🔹Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini samarali tashkil etish;
🔹imtiyozli toifadagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish;
🔹dori vositalarining sifati va belgilangan narxlarga rioya etilishini ta’minlash;
🔹dorixonalar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish — qarorning muhim vazifalaridandir.
🇺🇿Mazkur talablarning amaliy ijrosi aholi uchun qulay va sifatli farmatsevtika xizmatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.