35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

#24_TAVSIYA_IJROSI

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputati B.Bahodirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov tomonidan Fargʻona shahridagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

➡️ O‘rganish jarayonida deputat B.Bahodirov va Z.Mansurov mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosidan kelib chiqqan holda, "Madaniyat" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini tingladilar.

✔️ Xususan, muloqot chog‘ida hududdagi murojaatlar quyidagicha o‘rganib chiqildi:

✅ Birinchi fuqaro: Nizomiy koʻchasi 7/7-uysida yashovchi fuqaro M.Usmonovaning murojaati o‘rganildi. Unga koʻra, qizi I.Madaminova 17 yoshga kirganligi, biroq 9-sinfni tugatib oʻqish imkoniyati boʻlmaganligi sababli taʼlim olmagani aniqlanib, qizining oʻqishini tiklash hamda oʻziga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit ajratish masalalari koʻrib chiqildi.

✅ Ikkinchi fuqaro: Fargʻona koʻchasi 36/23-xonadonda yashovchi fuqaro N.Qodirovaning oʻzini oʻzi band qilish asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish va uni rivojlantirishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati tinglanib, zarur amaliy koʻmak koʻrsatish choralari belgilandi.

📌 Shuningdek, uchrashuv davomida ko‘tarilgan ushbu masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 4