Shu yo‘nalishdagi navbatdagi o‘rganish 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan “Ipak yo‘li” mahallasida olib borildi.
O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari tahlil qilindi. Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha individual chora-tadbirlar belgilandi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.