35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

MUNCHOQ MAHALLASI, PANJOB QISHLOG‘IDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

 MUNCHOQ MAHALLASI, PANJOB QISHLOG‘IDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Boltayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish hamda aholi murojaatlari va muammolarini aniqlash maqsadida saylov okrugidagi Munchoq mahallasi Panjob qishlog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va infratuzilma masalalari bilan bir qatorda, fuqarolarni qiynayotgan muammolar ham o‘rganildi.

✅ Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha choralar belgilandi.

✍✍✍ Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot — muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 4