35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputat N. Mamarasulova tomonidan Yashnaobod MFYda mahalla raisi va hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining aholi bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolariga manzilli yondashish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.