Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov “Arg‘in-Sada” MFY ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining xonadonida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxsga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri va qonuniy qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.
♻️ O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqaroning ijtimoiy himoyasi, unga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati, shuningdek, mavjud ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Fuqaroga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va belgilangan imtiyozlardan foydalanish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kundalik hayotida duch kelayotgan muammolarini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!