MODDIY-MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI
Ajdodlarimizdan bebaho meros sifatida bizgacha yetib kelgan tarixiy va madaniy obidalarni asrab-avaylash, ularning asl qiyofasini saqlash hamda kelajak avlodlarga munosib yetkazish muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan Hakim at-Termiziy majmuasining bugungi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida majmuaning saqlanish darajasi, hududning obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi, sanitariya holati hamda ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, tarixiy obidani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-madaniy meros obyektini muhofaza qilish va uning hududida tartibni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tarixiy obidalar — xalqimizning boy tarixi, milliy o‘zligi va ma’naviy merosining ajralmas qismidir. Ularni asrab-avaylash barchamizning muqaddas burchimizdir.