MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva o‘zi saylangan Bunyodkor MFY hududida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va aholining muammolarini “mahallabay” tamoyili asosida o‘rganib, ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan mahalladagi mavjud masalalarni doimiy nazoratga olish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
Deputat faoliyatining asosiy mezoni — xalq bilan muloqot, muammoni eshitish va uning yechimiga amaliy hissa qo‘shishdir.