O‘rganish jarayonida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun talablarining ijrosi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, tibbiyot muassasasida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda faoliyatda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish har bir tashkilot va xodimning muhim vazifasidir.