35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Angor tumanining 2026-yilgi mahalliy budjet ijrosini sifatli yakunlash, shuningdek, budjet tashkilotlariga ajratilgan mablag‘larning maqbullashtirilgan qismi hisobidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi masala yuzaga kelgan yetishmovchiliklarni qoplashga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sohib Aymurotov tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda budjetmablag‘larining shakllanishi va sarflanishi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala atroflicha muhokama qilinib, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, mavjud moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish hamda 2026-yil mahalliy budjet ijrosini sifatli yakunlash yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1