🏗 Tuman Kengashi raisi - kotibiyat mudiri X. Sultonov davlat dasturi ijrosi nazorati doirasida Obod mahallasida “Hazorasp Global Stroy” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosini foydalanishga topshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, binoni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayoni hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.
🎯 Asosiy e’tibor — turar joy binosini belgilangan tartib va muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha ishlarning samarali tashkil etilishiga qaratildi.