35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi

📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati tomonidan “Fidokor” MFY aholisi murojaatlari asosida Baxmal tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sh.Sultanovga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.
Muammo nimalardan iborat?
Mahalladagi 35-sonli maktabga olib boruvchi yo‘lning 1 kilometrga yaqin masofasida piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) mavjud emas. Bu holat o‘quvchilar va aholining, ayniqsa, kuz-qish mavsumida harakatlanishiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib, ularning xavfsizligiga xavf solmoqda.
Deputat tomonidan qo‘yilgan talab:
Qonunchilikka muvofiq, ushbu hududda piyodalar yo‘lakchasini qurish masalasini tuman dasturlariga kiritish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 10 kun ichida yozma ma’lumot berish so‘raldi.
Farzandlarimiz va aholi xavfsizligi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2