35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulovalar tomonidan tuman musiqa va san’at maktabining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga jalb qilish hamda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda to‘garaklarga qamrab olinishi holati, mavjud shart-sharoitlar hamda mashg‘ulotlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4