Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 13-Ulug‘bek okrugi deputati, Adolat SDP a’zosi Shavkat Abdukamilov fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, “Ulug‘bek” mahallasi aholisiga yanada qulaylik yaratish, manzilga tez va xavfsiz yetib olishlari uchun ushbu mahalla hududida xarakatlanuvchi jamoat transporti sonini ko‘paytirishda amaliy yordam so‘ralgan.