35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#BuloqboshiKengashi #YoshlarTarbiya #MaNaviyMarifiyTadbir #YotGoyalargaQarshi #YoshlarKelajagimiz #Targibot #InsonQadriUchun

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova biriktirilgan tashkilot vakillari bilan hamkorlikda tumandagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.
Tadbir davomida yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega videorolik namoyish etilib, unda ilgari surilgan g‘oyalar va mazmun-mohiyat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot va zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish hamda turli salbiy ta’sirlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotlar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olib, yoshlar orasida sog‘lom dunyoqarash va mustahkam ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish yuzasidan fikr almashdilar.
Yoshlar tarbiyasi — kelajak taraqqiyotining muhim poydevoridir!

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |

Slide 1 of 3