35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🌿 Tabiatni muhofaza qilish — barchamizning burchimiz

#162_ta_qonun_ijrosi
🌿 Tabiatni muhofaza qilish — barchamizning burchimiz

O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash, hududda ekologik holatni o‘rganish hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kuchaytirish maqsadida Baxmal mahalla fuqarolar yig‘inida o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish jarayonida tuman Kengashi deputati N. Abdaxatov tomonidan tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhit obodonligi va sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish, yashil hududlarni asrash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek atrof-muhitni ifloslanishdan asrash, ekologik talablarga rioya etish borasida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarining ahamiyati ta’kidlandi.
Qonunga ko‘ra, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanish, zararlanish va nooqilona foydalanishdan muhofaza qilinishi lozim.

Slide 1 of 6